O‘zbekistonga eng mashhur Instagram-blogerlari keladi

© InstagramSamie izvestnie Instagram-blogeri priyedut v Uzbekistan
Samie izvestnie Instagram-blogeri priyedut v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 22-27 avgust kunlari World Influencers Congress anjumani o‘tkaziladi.

TOShKENT, 7 avg – Sputnik. O‘zbekistonga avgust oyi yakunida yuzga yaqin Instagram-blogerlari tashrif buyurishadi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Mehmonlar 22-27 avgust kunlari World Influencers Congress anjumaniga keladi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Wonderful Places (@wonderful_places)

Blogerlardan Suzanna Brux, u 13 million obunachilarga ega. Bloger o‘z sahifasida Gretsiya, Fransiya, Italiya, Singapur, Germaniya, Chexiya, AQSh, Avstriya va Yaponiyaga sayyohatlar haqida hikoya qiladi.

Shuningdek, O‘zbekistonga moda olami va shoping haqidagi Senstylable blog asoschisi Reyta Xakaj keladi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot SENSTYLABLE (@senstylable)

Bundan tashqari, o‘zbekistonliklar Ravana Bin Xusayna, byuti-bloger Sadaf va fotosuratchi Altuga Galipani ko‘rishi mumkin.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Rawan Bin Hussain (@rawan)

Tadbirning asosiy maqsadi turizmni rivojlantirish, blogerlar global tarmog‘ini kengaytirishga doir g‘oyalar va ilg‘or usullari bilan o‘zaro almashish uchun platforma yaratish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0