TOShKENT, 7 avg – Sputnik. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova Nukusda piketga chiqqan ayollar huquqini himoya qilish uchun Qoraqalpog‘istonga yo‘l oldi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, Elmira Bositxonova voqeani joyiga chiqib o‘rganadi va bu ayollarning huquqlarini muhofaza qilish, muammolariga hududdagi rahbarlar bilan birgalikda yechim izlaydi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 1-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti Nukus shahrida — Ivan Saviskiy nomidagi muzey ro‘parasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Tileo‘biyke Uldasheva hamda Perizat Begjanova bugungi tizimdan, Qoraqalpog‘istondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan norozi bo‘lib kelishilmagan namoyishga chiqqani va buning ortidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ularga hamda piketni tasvirga olmoqchi bo‘lgan boshqa fuqarolarga nisbatan bosim ishlatilgani haqida xabar joylashtirildi.
Toshkent shahar hokimligi vakili Basitxanovadan uzr so‘radi
Natijada qisqa vaqt mobaynida ijtimoiy tarmoqda “V Nukuse na ploshadi Svobodi razognali aksiyu protesta” sarlavhali mazkur maqola qahramonlariga achinish va ularni yoqlovchi, mamlakat rahbariyati hamda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi sha’niga dog‘ tushiruvchi 25 ta izoh va 125 ta layk hamda dizlayk qoldirilgan. Ushbu xabar 200 ga yaqin internet foydalanuvchisi tomonidan ulashilgan.