Uyquchilikdan xalos qiluvchi mahsulot ma’lum qilindi

CC0 / pixabay / Devushka spit. Illyustrativnoe foto
Devushka spit. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kunduzgi uyquchanlikka qarshi kurashishda faol ko‘maklashishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar ma’lum qilindi.

TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Rossiyalik mutaxassis Margarita Korolova “Vechernyaya Moskva” gazetasiga bergan intervyusida kunduzgi uyquchanlikdan xalos bo‘lishga ko‘maklashuvchi mahsulotlarni ma’lum qildi.

Proverka produktov v laboratorii Rospotrebnadzora - Sputnik O‘zbekiston
Inson va maymun hujayrasidan embrion yaratildi — olimlar hayratda

Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, odatda kunduzi soat 15-16lar atrofida odamlarda horg‘inlik holati kuzatiladi. Bu vaqtda tetiklanishga oqsilga boy sabzavot va yormalar hamda yong‘oq yoki bodom yordam beradi.

Shu bilan birga, mahsulotlarni meyorida iste’mol qilish tavsiya qilinadi. 200-300 gramm iste’mol qilish ayni muddao hisoblanadi. Shuningdek, qayta kuchga to‘lish uchun bir stakan choy yoki qahva ichish foydadan xoli emas. Mutaxassis sharbat va suvni ovqatdan so‘ng 40 daqiqa o‘tgach ichishni tavsiya qilgan.

Korolovaning fikriga ko‘ra, tushgacha tetik bo‘lish uchun qarsilloq mevalar iste’mol qilish koni foyda.

Qolaversa, kunning ikkinchi yarmida yengil badantarbiya bilan shug‘ullanish insonni tetik bo‘lishiga va uyqu elitmasliga yordam beradi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq to‘yib uxlashning oddiy usuli aniqlangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0