TOShKENT, 5 avg – Sputnik. O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019-yil 2-avgust Qozog‘istonning Turkiston viloyatida Olmaota-Toshkent-Termiz avtotrassasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
TIV xabariga ko‘ra, unda 4 odam, jumladan 2 nafar yo‘lovchi – O‘zbekiston fuqarolari F.T. va D.A. voqea joyida halok bo‘ldi. Uchinchi o‘zbekistonlik R.J. olingan jarohatlardan Chimkent shahar shifoxonasida vafot etdi.
YTH bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bo‘yicha ularning oila a’zolariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda.