Germaniyada O‘zbekistonga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha xalqaro anjuman o‘tkaziladi

© Fond razvitiya kulturi i iskusstva pri Ministerstve kulturi UzbekistanaOtkritie novoy galerei v Berline
Otkritie novoy galerei v Berline - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalar va ekspertlarni jalb qilishni jadallashtirish bo‘yicha Germaniya Federativ Respublikasida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

TOShKENT, 5 avg – Sputnik. 2019-yil 7-8 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalar va ekspertlarni jalb qilishni jadallashtirish bo‘yicha Germaniya Federativ Respublikasida xalqaro konferensiya o‘tkazish rejalashtirildi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalar va ekspertlarni jalb qilishni jadallashtirish bo‘yicha Germaniya Federativ Respublikasida xalqaro konferensiya o‘tkazish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasida aytilgan.

Vizit Prezidenta Federativnoy Respubliki Germaniya Frank-Valtera Shtaynmayera  - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Germaniya biznesiga ikkilanmasdan O‘zbekistonga kelishni taklif qildi

Hujjat “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan tayyorlandi.

Qaror loyihasida xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita hamda konserensiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ilova qilingan.

Rejada qayd etilishicha, shu yil 15-oktabrgacha xalqaro konferensiya doirasida xorijiy tadbirkor, investor va ekspert-tahlilchilar, shu jumladan vatandoshlar ishtirokida O‘zbekistonga Germaniyadan investitsiya va innovatsiyalarni jalb etishga oid aniq takliflar ishlab chiqish vazifalari belgilgan.

Yangiliklar lentasi
0