TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Toshkentda Captiva rusumli avtomashinasida chiqib ketgan yigit qidirilmoqda.
IIV xabariga ko‘ra, 3-avgust kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Beltepa mahallasida yashovchi 43 yoshli M.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, shu yil 1-avgust kuni soat 22:00larda birga yashovchi o‘g‘li 19 yoshli Komilxon Usmonov o‘zining davlat raqam belgisi 01 Z 455 RA bo‘lgan Captiva rusumli avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, hozirda K.Usmonovni qidirib topish choralari ko‘rilgan va holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
IIV Komilxon Usmonov yoki uning boshqaruvidagi Captiva avtomashinasi haqida biror bir ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishlarini so‘raydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda bedarak yo‘qolgan devnovlik 19 yashar Zulxumor Narzullayeva befarq bo‘lmagan fuqarolarning ko‘magi bilan topilgani va onasi bilan yarashtirilgani xabar qlingan edi.