TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Italiya bosh vaziri o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri Matteo Salvini Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni buyuk prezident deb atadi. Bu haqda ANSA xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u Rim va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash ustida ish olib bormoqchi.
“Putin – buyuk prezident. Men buni shunday o‘ylaganim uchun aytapman, ayrim gazetalar ta’kidlagandek menga pul to‘laganlari uchun emas”, - deya qayd etdi Matteo Salvini.
Shuningdek, Salvini AQSh prezidenti Donald Tramp, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban faoliyatini yuqori baholagan.