TOShKENT, 4 avg - Sputnik. AQShning Ogayo shtatidagi Deyton shahrida otishma ro‘y berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, otishma oqibatida 9 kishi qurbon bo‘lgan. 16 kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, o‘t ochgan shaxsning o‘zi ham halok bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, hodisa Oregon tumanidagi mayxonalardan birida sodir bo‘lgan.
This is a look at the other side of the block from where the shooting happened. I’m told we will get an update from Dayton police shortly @WDTN pic.twitter.com/Hn9in4u5sq
— Kristen Eskow (@KristenEskow) 4 avgusta 2019 g.
Hozirda voqea joyida AQSh Federal tergov burosi xodimlari surishtiruv ishlarini olib borishmoqda.
Qayd etish joizki, bu AQShda bir sutka ichida yuz bergan ikkinchi otishmadir. Biroz ilgari El-Paso shahridagi (Texas shtati) Walmart savdo markazida sodir etilgan otishma oqibatida 20 kishi halok bo‘lgani, 26 kishi esa jarohatlangani xabar qilingan edi. Hozirda o‘t ochgan shaxs qo‘lga olingan. U 21 yoshli Patrik Kruzios ekanligi aytilmoqda. U hujum qilishdan oldin Twitter᾽da Yangi Zelandiyadagi masjidda sodir etilgan teraktni qo‘llab-quvvatlashini aytgan va migrantlar tufayli AQSh madaniyati va iqtisodiyoti oqsayotganini ma’lum qilgan.