“Bo‘yin egib, uzr so‘rayman”: Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev

© FacebookXokim Ferganskoy oblasti publichno izvinilsya pered naseleniyem - video
Xokim Ferganskoy oblasti publichno izvinilsya pered naseleniyem - video - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Rishton tumani aholisiga murojaat qildi.

TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Rishton tumaniga borib, mahalliy aholi bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida viloyat hokimi tumanda olib borilgan buzilish ishlarida yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun kechirim so‘radi.

Shuhrat G‘aniyev o‘z nutqida Rishton tumanida qurilish ishlarini amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarda faqat viloyat hokimi va tuman rahbarlari aybdor ekanini qayd etdi va bu O‘zbekiston prezidentining bugungi kunda olib borayotgan islohotlariga va “xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan ezgu g‘oyalariga hech qanday putur yetkazmasligi kerakligini ta’kidladi.

“Shaxsan viloyati hokimi sifatida hamma oldida bo‘yin egib, ta’zim qilib, uzr so‘rayman”, - dedi hokim.

Shuningdek, u xatoga yo‘l qo‘ygan viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimi, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari va qator mansabdor shaxslar lavozimidan ozod qilinganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Mehnat vazirligi 27-28 iyul kunlari Farg‘ona viloyati Rishton tumanida o‘tkazilgan ommaviy hasharni noqonuniy deb baholagan edi. Mehnat vazirligi tomonidan hasharda ishtirok etgan “Azot” AJ, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi”, “Farg‘ona Issiqlik energo markazi” MChJ korxonalarda majburiy mehnatga jalb qilish holatlarini o‘rganish uchun 3 ta guruh komissiya tuzilgan.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida qurilish borasida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan va xalqning katta noroziligiga sabab bo‘layotgan rahbarlarni, jumladan, Farg‘ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyati hokimlarini qattiq tanqid ostiga olib, mamlakat obro‘sini nafaqat xalq, balki butun jahonga sharmanda qilayotganini qayd etib, xalqdan kechirim so‘rashlarini buyurgan edi.

Yangiliklar lentasi
0