Go‘zal Xalima dunyodagi birinchi hijobli top-model bo‘ldi

© AP Photo / Lefteris Pitarak Xalima Aden
Xalima Aden - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalima yoshligida yetti yil Afrikadagi qochoqlar lagerida yashagan

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. 21 yashar Xalima Aden dunyodagi birinchi hijobli top-modelga aylandi, deb yozadi Sports Illustrated. 

Xalima hech qachon jamoatchilik joylarida hijobni yechmaydi. Hatto eng mashhur kupalniklar jurnali bo‘lmish Sports Illustrated Swimsuit muqovasi uchun model musulmon ayollariga xos bo‘lgan libos - burkinida suratga tushdi.

Xalima jurnal tarixida fotosessiya uchun yechinmagan birinchi ayol bo‘ldi. Shu bois, Xalima uchun bir nechta burkinilar maxsus tikildi.

View this post on Instagram

Sports Illustrated Rookie 🦋❤️ Burkini season is almost hereeee!!

A post shared by Halima (@halima) on

Sohibjamolning vatani Keniya. U yoshligida yetti yil davomida Somalidagi qochqinlar lagerida yashagan, so‘ngra uning oilasi AQShga emigratsiya qilish imkonini topgan.

Hozirda model o‘zi bilan ro‘y bergan voqeani haqiqiy mo‘’jiza hisoblaydi. U haqiqiy amerikancha orzuni amalga oshira oldi: qashshoqlikdan chiqdi, o‘z kuchi bilan muvaffaqiyatga erishdi va faol hayotiy pozitsiyasini namoyon etdi.

Musulmon-modelning fikricha, uning jurnal muqovasida paydo bo‘lishi shariat qoidalariga amal qiluvchi ko‘plab ayollarga signal bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

View this post on Instagram

Smile .. its Sunnah 😍✨ simple is the new chic this Ramadan. Check out the link in my bio to shop #halimaxmodanisa 💕

A post shared by Halima (@halima) on

"Yopiq libos kiygan va hijobli model ochiq bikinidagi go‘zal ayol yonida turishi mumkin. Ular bir-birlarini munosib baholashlari, qo‘llab-quvvatlashlari va yoqlashlari mumkin", - deydi Aden.

Xalima mashhurlikka ikki yil oldin erishgan. O‘shanda 19 yashar qiz "Miss Minnesota" go‘zallik tanlovida ishtirok etgan edi. U o‘shanda na tanlov, na go‘zallik va na podium uchun o‘z-o‘ziga xiyonat qilmasligini aytgan. Sohibjamol hijobni yechishni rad etgan holda tanlovning yarim finaligacha yetib borgan. Shundan so‘ng u aksariyat modellik agentliklari nazariga tushgan.

View this post on Instagram

Can’t wait to go back ✨

A post shared by Halima (@halima) on

Kanye Uest Adenni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Modalar haftaligida o‘z kolleksiyasi namoyishiga taklif etgan.

Yangiliklar lentasi
0