Kattalar uchun muzqaymoq: Toshkentdagi "Muzzday 2019" festivalidan reportaj

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaFestival morojenogo vpervie proxodit v Tashkente
Festival morojenogo vpervie proxodit v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida tarixda birinchi marta muzqaymoqlar festivaliga start berildi. Tadbir mehmonlari hatto o‘zlari kutmagan turdagi muzqaymoqlardan ta’tib ko‘rishga muvaffaq bo‘ldilar

TOShKENT, 2 avg - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Toshkent shahrida ilk bor muzqaymoqlar festivaliga start berildi. Bunda mehmonlar eksklyuziv turdagi yaxna desertlardan ta’tib ko‘rishga muvaffaq bo‘ldilar.

"Toshkent o‘zgarmoqda!"

Muzqaymoq shinavandalarini to‘playotgan Brodvey sari borayotib, oldinda ketib borayotgan ikki qizning o‘zaro suhbati e’tiborimni tortdi. Ulardan biri "Toshkent o‘zgarmoqda" deya dugonasiga shahardagi o‘zgarishlarga faxr bilan baho berib borardi. Suhbatni oxirigacha eshitish uchun qadamimni tezlashtirdim. "Bilasanmi, bir yil oldin kelganimda ham bunday festivallardan nom-nishon yo‘q edi. Endi esa ko‘paygan. Juda xursandman"... 

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Tashkente proxodit festival morojenogo
Kattalar uchun muzqaymoq: Toshkentdagi Muzzday 2019 festivalidan reportaj  - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente proxodit festival morojenogo

Aytgancha, boshqa davlatlarni bilmayman, lekin O‘zbekistonda jazirama kunlar davom etmoqda. Demak, muzqaymoqxo‘rlik "mavsumi" o‘lgan emas. Shu boismi, Saylgoh ko‘chasi har qachongidan-da odamlarga gavjum.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Tashkente proxodit festival morojenogo
Kattalar uchun muzqaymoq: Toshkentdagi Muzzday 2019 festivalidan reportaj  - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente proxodit festival morojenogo

Uch yuz turdagi muzqaymoqlar taqdim etilishini eshitgan borki, bugun bu yerga shoshilgan. Ular orasida farzandlari bilan va oilaviy kelganlar, xususan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Toshkent muzqaymoq festivaliga chorlamoqda >>>

Odamlar nigohida avval ko‘proq yengil sarosima va qiziqish sezilgan bo‘lsa, ammo mehmonlar qarshisiga animatorlar chiqishi bilan bu kayfiyat o‘z o‘rnini quvonchga bo‘shatib berdi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVixod animatorov ochen ponravilsya gostam festivalya
Kattalar uchun muzqaymoq: Toshkentdagi Muzzday 2019 festivalidan reportaj  - Sputnik O‘zbekiston
Vixod animatorov ochen ponravilsya gostam festivalya

Savdogar-fokuschilar

"Zarafshon" restoranidan G‘aznachilik binosigacha joylashgan muzqaymoq rastalari oldida odamlar gavjum. Atrofdagilar faqat muzqaymoq haqida gapirishadi. "Oyi, muzqaymoq olib bering". "Qaysinisidan olamiz?". "Yur, ana u yerda muzqaymoqni fokus ko‘rsatib, sotishayotgan ekan"... Odamlar bugun bu yerda nafaqat muzqaymoq yeyapti, balki ushbu desert savdosini yuksak mahorat darajasigacha ko‘tara olgan savdo ustalari tomoshasidan ham bahramand bo‘lishmoqda.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaProdaves morojenogo pokazal fokus
Kattalar uchun muzqaymoq: Toshkentdagi Muzzday 2019 festivalidan reportaj  - Sputnik O‘zbekiston
Prodaves morojenogo pokazal fokus

Festivalda 300 turdagi muzqaymoqlar taqdim etilgani bilan, Rossiyada ishlab chiqarilgan muzqaymoqlar sotiladigan rastalarda odam nihoyatda gavjum edi. Undan bahramand bo‘lishni istaganlarga navbatda turishlariga to‘g‘ri kelardi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZa moskovskim morojenim stoyala ogromnaya ochered
Kattalar uchun muzqaymoq: Toshkentdagi Muzzday 2019 festivalidan reportaj  - Sputnik O‘zbekiston
Za moskovskim morojenim stoyala ogromnaya ochered

Albatta, boshqa rastalardagi muzqaymoq turlari ko‘zni quvontiradi. Qaymoqli, mevali, bananli, shokoladli.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaLyudi s semyami segodnya speshili na festival, chtobi poprobovat novie vkusi morojenogo
Kattalar uchun muzqaymoq: Toshkentdagi Muzzday 2019 festivalidan reportaj  - Sputnik O‘zbekiston
Lyudi s semyami segodnya speshili na festival, chtobi poprobovat novie vkusi morojenogo

Istasangiz stakanda, istasangiz rojokda yoki xohishingizga qarab quyma muzqaymoqlarni xarid qilishingiz mumkin.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMorojenoe trebovali daje malyutki
Kattalar uchun muzqaymoq: Toshkentdagi Muzzday 2019 festivalidan reportaj  - Sputnik O‘zbekiston
Morojenoe trebovali daje malyutki

Hatto eng jajji kichikintoylar ham, muzqaymoq berishni talab qilishardi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNa festivale gostam bilo predlojeno trexsot vidov morojenogo
Kattalar uchun muzqaymoq: Toshkentdagi Muzzday 2019 festivalidan reportaj  - Sputnik O‘zbekiston
Na festivale gostam bilo predlojeno trexsot vidov morojenogo

Festival mehmonlariga an’anaviy turdagi muzqaymoqlar bilan birga tamomila yangi ta’mga ega yaxna desertlar ham taqdim etildi. Misol uchun "Katta yoshdagilar uchun" deb yozilgan muzqaymoq rastasida spirtli ichimliklar ta’miga ega bo‘lgan muzqaymoqlar sotilar edi. Bu muzqaymoqdan ta’tib ko‘rganlarni ko‘rmadik, lekin qiziquvchanlar e’tiborini tortgani guvohi bo‘ldik.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFestival morojenogo v Tashkente prodlitsya vsego lish tri dnya
Kattalar uchun muzqaymoq: Toshkentdagi Muzzday 2019 festivalidan reportaj  - Sputnik O‘zbekiston
Festival morojenogo v Tashkente prodlitsya vsego lish tri dnya

Festival estrada yulduzlari chiqishlari bilan yakun topdi. Muzqaymoqning yangi-yangi turlaridan bahramand bo‘lishni istovchilar uchun festival yana ikki kun davom etishini eslatib o‘tamiz.

Shuningdek, bu yerda eng mazali muzqaymoq tanlash qoidalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0