Belarus va O‘zbekiston SSPlari Ishbilarmonlar kengashini tashkil etadi

© Sputnik / Aleksey DrujininVo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov
Vo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbarining Minskka safari davomida hukumatlar, vazirliklar va kompaniyalar o‘rtasida 11ta hujjat imzolandi

TOShKENT, 2 avg – Sputnik. Belarus va O‘zbekiston savdo-sanoat palatalari Ishbilarmonlar kengashini tuzish haqida bitim imzoladilar, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Prezident Shavkat Mirziyoyev v soprovojdenii Prezidenta Aleksandra Lukashenko posetil otkrivshuyusya v Minske Natsionalnuyu promishlennuyu vistavku Uzbekistana. - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Belarusning yetakchi innovatsion kompaniyalarini O‘zbekistonga chaqirdi

Sal oldin Shavkat Mirziyoyevning Belarusga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tgan edi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha ikki davlat rahbarlari qo‘shma bayonot qabul qildilar. Bundan tashqari, O‘zbekiston rahbarining Minskka safari davomida hukumatlar, vazirliklar va kompaniyalar o‘rtasida 11ta hujjat imzolandi.

Jurnalistlar bilan o‘tkazilgan brifing davomida Lukashenko va Mirziyoyev muzokaralar ochiq va sermahsul kechganini aytishdi: o‘zaro manfaatli bitimlar imzolangani aytildi.

Aleksandr Lukashenko o‘tgan yili o‘zaro savdo sohasida yuqori ko‘rsatkichga erishilganiga e’tibor qaratdi, bunday ijobiy tendensiya joriy yilda ham davom etmoqda.

"Bizning muzokaralarimiz konstruktiv ruhda o‘tdi, biz Belarus va O‘zbekiston - strategik sheriklar ekanligini tasdiqladik. O‘zbekiston oxirgi yillarda erishayotgan yutuqlardan xursandmiz. Mamlakat rahbariyati iqtisodiy sohalarni modernizatsiya qilibgina qolmay, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda inqilobiy o‘zgarishlarni joriy etmoqda, yangi yo‘nalishlar tashkil qilinmoqda. Bu bizga hamkorligimiz sermahsul kechishiga umid bag‘ishlamoqda", - dedi Belarus yetakchisi.

Tomonlar xalqaro va regional tuzilmalar doirasida bir-birini bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlab turishga tayyorliklarini bildirdilar.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyevning Belarusga rasmiy tashrifi oldidan Minskda o‘tkazilgan mintaqalar forumida ikki mamlakat shaharlari va viloyatlari o‘rtasida o‘ndan ziyod bitimlar, shuningdek, 300 million AQSh dollariga teng shartnoma va kelishuvlar imzolangandi.

Yangiliklar lentasi
0