Tojikistonda davlat tili meyorlariga rioya qilmagan amaldorlarga chora ko‘riladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMujchina derjit papku v ruke
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonda tojik adabiy tili meyor va qoidalarini buzgan amaldorlarga nisbatan chora ko‘riladi.

TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Tojikistonda tojik adabiy tili meyor va qoidalariga rioya qilmagan amaldorlarga nisbatan chora ko‘riladi. Bu haqda mamlakat hukumati huzuridagi Til va terminologiya qo‘mitasi raisi Gavhar Sharofzoda hisobot matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Rahmonning g‘azabiga uchragan amaldorning taqdiri ma’lum bo‘ldi

Sputnik Tojikistonning yozishicha, Sharofzoda sheva va ko‘cha tilida gapirishlari yoki tojik tili madaniyatiga rioya qilmaganliklari sabablari internet “yulduziga” aylanib, noqulay vaziyatlarga tushib qolgan amaldorlar, jumladan, Dushanbe hokimi o‘rinbosari Mahmadsaid Zuvaydzoda holatiga izoh bergan.

“O‘ylaymanki, buni tuzatsa bo‘ladi”, - dedi Qo‘mita rahbari.

Shuningdek, u anjumanda nomlari tilga olingan o‘z fikrini davlat tilida erkin bayon qila olmaydigan amaldorlar nomiga maktub yo‘llanishini ma’lum qilgan. Biroq bunday amaldorlarga nisbatan qanday chora ko‘rilishiga oydinlik kiritmagan.

Uning fikriga ko‘ra, toki jurnalistlarning o‘zi adabiy til meyorlariga rioya qilmas ekan, tojik xalqi adabiy tilda gapirishni o‘rganmaydi.

Yangiliklar lentasi
0