TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Toshkentda tadbirkor 2,7 mlrd so‘mga chuv tushdi
IIV xabariga ko‘ra, 2018-yil avgust oyida Shayxontohur tumanida yashovchi 37 yoshli G.K. M.Ulug‘bek tumanida yashovchi, “Maftun” MChJ rahbari 67 yoshli B.N.ga poligrafik uskunalarini olib berishini va birgalikda biznesni davom ettirishini va’da qilib, bank orqali uning nomiga 2,7 mlrd so‘m kreditga olgan.
Keyin ushbu pullarni “Poligraf” MChJ xisob raqamiga o‘tkazib, hech qanday uskunalarni olmasdan pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.