Mehnat vazirligi migrantlarga qanday yordam ko‘rsatmoqda?

© Press-slujba Minzanyatosti UzbekistanaMinistr zanyatosti i trudovix otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev
Ministr zanyatosti i trudovix otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sherzod Qudbiyev vazirlik tomonidan Rossiyadagi mehnat migrantlarga qanday yordam ko‘rsatilayotganini aytib berdi.

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Bandlik vam mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qudbiyev xorijda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga vazirlik tomonidan qanday yordam ko‘rsatilayotgani haqida quyidagilarni aytib berdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

“Mehnat migrantlari O‘zbekistonga yiliga 5 milliard dollarga yaqin mablag‘ jo‘natishadi. ($ 4,2 mlrd.- MB )  Bu eksportning har istalgan tarmog‘idan yuqori”, - deydi Sherzod Qudbiyev.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda 2 600 000 nafar fuqarolar xorijiy mamlakatlarda mehnat qilishmoqda. Ulardan 2 milliondan ortig‘i 83% - Rossiyada.

Pogruzka kruglogo lesa v vagoni na chastnom lesopererabativayushem predpriyatii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ishlab chiqarishda halok bo‘layotganlar soni ortmoqda - Mehnat vazirligi

O‘zbekiston hukumati ham so‘nggi yillarda migrantlarni tan olib, xorijiy mamlakatlarda ularning huquqlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatisha harakat qilmoqda.

Xususan, 1-yil ichidan 1314 nafar fuqaro Rossiyadagi  vaktinchalik ushlab turish punktlaridan O‘zbekistonga olib kelindi. Undan tashqari 94ta “200yuk”  davlat hisobidan vataniga qaytarildi.

Shuningdek, Rossiyaning bir necha shaharlarida Mehnat vazirligining vakolatxonalari ochilib, ular migrantlarga huquqiy konsultatsiyalar berishdi va 296 ming dollar mablag‘larini ish beruvchilardan olib berishdi.

Undan tashqari 164 ming nafar xorijga mehnat qilish  uchun chiqib ketayotgan fuqarolarga "O‘zbekiston havo yo‘llari", "O‘zbekiston temir yo‘llari" va "Aloqabank" bilan birgalikda 20 % chegirmali chiptalar olib berdik, deydi vazir. 

Yangiliklar lentasi
0