Test sinovlarining birinchi kuni natijalari e’lon qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishDevushka raduyetsya svoyey familii v spiskax zachislennix abituriyentov
Devushka raduyetsya svoyey familii v spiskax zachislennix abituriyentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Test sinovlariga 2 538 nafar abituriyent kelmadi. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 53 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.

TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi  respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining birinchi kuni (29 iyul)da ishtirok etgan abituriyentlarning natijalarini e’lon qildi.

Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Abituriyentlar testdan juda tez chiqmoqda - bu yilgi savollar shunchalik osonmi?

Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 66 ta katta sig‘imli binoda test sinovlari ikki smenada “Matematika”, “Fizika” va “Ona tili va adabiyoti” fanlari bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida ikki smenada jami 71 ming 340 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan, 68 ming 736 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Test sinovlariga 2 538 nafar abituriyent kelmadi. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 53 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi. Test sinovlarida 2 576 nafar guruh nazoratchilari ishtirok etdi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori ball:

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

O‘zbekiston milliy universitetining 5130100 – Matematika ta’lim yo‘nalishi – 172,6 ball;

b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

Andijon davlat universitetining 5110700-Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi – 142,1 ball;

v) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:

Samarqand davlat universitetining 5130100 – Matematika ta’lim yo‘nalishi
– 127,2 ball.

O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari 29-iyuldan boshlandi va 16 kun davomida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bu yil oliygohlarga qayta  hujat topshirayotgan abituriyentlardan 53 milliard so‘m mablag‘ jamlangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0