Gaz va elektr energiyasining oshirilgan narxlari ma’lum qilindi

© Sputnik / StringerZajjenie gazovoy konforki
Zajjenie gazovoy konforki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumat qarori bilan 2019-yilning 15-avgustidan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun yangi tariflar va narxlar tasdiqlandi.

TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yilning 15-avgustidan  elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun belgilangan tariflar va narxlar oshiriladi. Bu “Yoqilg‘i-energetika resurlari narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risi”dagi Hukumat qarorida nazarda tutilgan.

Qaror bilan 2019-yilning 15-avgustidan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun quyidagi tariflar va narxlar tasdiqlandi:

  • aholi uchun 1 kub.m gaz – 380 so‘m (hozirda 320 so‘m);
  • aholi uchun 1 kVt elektroenergiya – 295 so‘m (hozirda 250 so‘m).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumatining 2018-yil 1-noyabrdagi 897-sonli qaroriga asosan O‘zbekistonda energiya manbaalari narxini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan edi. Birinchi bosqichda 2018-yilning 16-noyabridan boshlab va ikkinchi bosqichda – 2019-yilning 1-iyunidan boshlab.

Uchastok magistralnogo gazoprovoda  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston gaz eksporti hajmini oshiradi

Keyinchalik O‘zbekiston Hukumatining 31-mayda imzolangan 452 sonli qaroriga ko‘ra, 2019-yilning 1-iyunidan rejalashtirilgan gaz va svet narxlari oshishi bekor qilingan edi.

O‘zbekistonda 15-avgustdan benzin va dizel yoqilg‘isi narxlari oshadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-iyul kuni birinchi yarim yillikda davlat budjetiga tushumlar natijadorligini tahlil qilish va yangi vazifalarni belgilash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida energiya resurslari tariflarini optimallashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda so‘nggi ikki yilda mamlakatda aholi, ijtimoiy va ishlab chiqarish obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada yaxshilash maqsadida tegishli tarmoqlarni modernizatsiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash va xarajatlarni optimallashtirish talab etishi ta’kidlandi.

O‘zbekistonning olis qishloqlari qachon gazlashtiriladi - "O‘zbekneftgaz" javobi

Shu bois, aholi uchun tariflarni keskin oshirmasdan, inflyatsiya darajasiga yaqin miqdorda o‘zgartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tarif islohotlari xalqqa yengil bo‘lishi uchun eng kam ish haqini ham oshirish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0