Video

Chigirtkalar toʻdasi Las-Vegasga hujum qildi: oyoq qoʻyishga joy yoʻq – video

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQShning Las-Vegas shahri chigirtkalar hujumidan aziyat chekmoqda. Millionlab chigirtkalar shahar koʻchalarini “egallab” olgan.

AQShning Las-Vegas shahriga chigirtkalar toʻdasi hujum qildi. Ularning soni koʻpligidan odamlar koʻchaga chiqishga qoʻrqib qolishgan.

“Voy Xudoyim! Men mashinadan tushishga shunchalik qoʻrqyapman-ki! Har qadamda chigirtkalar. Ular hatto doʻkonlarda”, - deydi mahalliy aholidan biri.

Oʻlik chigirtkalar yoʻlaklarda qalashib yotibdi. Mahalliy aholini esa qoʻrquv bosgan. Biroq mutaxassislar shaharliklarni tinchlashtirishga urinib, chigirtkalar inson uchun xavfsiz ekanligini aytishmoqda.

Chimkent aholisiga qoraqurtlar hujum qilmoqda

Maʼlum qilinishicha, yilning birinchi yarmida qurgʻoqchil Nevadada haddan ziyod yogʻingarchilik kuzatilgan va bu chigirtkalarning shaharga yopirilishiga sabab boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0