"O‘zbekkonsert" rahbarining "rep nazorat"da degan gapi internetda kulgiga olinmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdildjon Abdukaxxarov - predsedatel Uzbekkonserta
Odildjon Abdukaxxarov - predsedatel Uzbekkonserta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda "O‘zbekkonsert" rahbarining rep nazoratga olingani haqidagi gaplari internet foydalanuvchilari e’tiboriga tushib, qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. "O‘zbekkonsert" rahbari Odil Abduqahhorov qo‘shiqlardagi nojo‘ya so‘zlar (so‘kishlar)ga urush e’lon qilgani va "repni nazoratga olgani" haqida bergan intervyusi internet foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Odildjon Abdukaxxarov - predsedatel Uzbekkonserta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston san’atkorlari ro‘yxati 70% yangilandi - "O‘zbekkonsert" rahbari

Xususan, "Abduqaxxorov qo‘shiq matnida nojo‘ya so‘zlarni ishlatishni bas qilishlari uchun reperlar ustidan nazorat o‘rnatishga muvaffaq bo‘lingani haqida gapirdi", - deb yozadi "Birja" nashri.

"O‘zbekkonsert" rahbarining so‘zlariga ko‘ra, o‘z vaqtida ko‘rsatilmagan e’tibor tufayli reperlar rep matnida so‘kishlarni ishlata boshlashgan va ularning hatti-harakati ham nojo‘yalashib ketgan. Endilikda muassasa xodimlari o‘z oldilariga reperlarga milliy an’ana va milliy madaniyat haqida kuylash lozimligini yetkazishni maqsad qilib olganlar.

Ayni vaqtda "O‘zbekkonsert" rahbarining rep nazoratga olingani haqidagi gaplari internet foydalanuvchilari e’tiboriga tushib, qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Xususan, Sayyora Xodjayeva, "O, Xudo, yaqinda butun dunyo ustimizdan kulishni boshlaydi", - deya hissiyotli post qoldirgan.

Nikita Makarenko esa: "Xudoga shukr. Mamlakatimizda hech bo‘lmasa nimadir nazorat ostida. Tupak, tinch orom ol. Rep ishonchli qo‘llarda", - deya sarkazm qilgan.

Nigora Muxamedova nikli yana bir internet foydalanuvchisi esa endilikda mahallalarda radiouzellarda Zulfiya she’rlari bilan birgalikda nazorat ostida bo‘lgan replar o‘qib eshittirilishini aytgan va "Ey xokim posmotri na menya))) Delay kak ya, delay kak ya))))", - deya go‘yoki kelajakda o‘qiladigan repdan bir parcha keltirgan.

Ilgariroq "O‘zbekkonsert" birlashmasi rep yo‘nalishida ijod qiluvchilar bilan yig‘ilish o‘tkazgani va 16-18 avgust kunlari Toshkent shahrida Rep va Didjeylarning Xalqaro festivalini o‘tkazish belgilab olingani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0