Valyutafurushlarni qonuniylashtirish qora bozorni yo‘q qiladi – rossiyalik ekspert

© Sputnik / Ilya PitalevOleg Buklemishev
Oleg Buklemishev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva davlat universiteti iqtisodiy fakultetining iqtisodiy siyosat tadqiqot markazi direktori, iqtisodiy fanlar nomzodi Oleg Buklemishev O‘zbekiston valyuta rejimining liberalizatsiyasi qora bozorga qanday ta’sir qiladi degan savol yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zosi, Bank-moliya akademiyasining xodimi Dilshod Rahmonov valyutafurushlarning faoliyatini qonuniylashtirishni taklif qilgandi.

Denejnie kupuri. Dollari SShA.  - Sputnik O‘zbekiston
Dollar yana ko‘tarildi – O‘zbekistonda valyuta kurslari

Deputat bu tashabbus bilan partiyaning saylovoldi dasturini muhokama qilish jarayonida o‘rtoqlashdi.

Rahmonov valyutafurushlarning maqomini o‘zgartirish hisobiga jinoyatchilik soni kamaygan davlatlarni misol sifatida ko‘rsatib o‘tdi.

Oleg Buklemishev valyuta rejimini liberalitsiyasi qora bozorni yo‘q qilish uchun eng yaxshi chora deb hisoblaydi.

Bunday tajriba ko‘plab xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilgan. Bu mamlakatlar hududida qora bozorlar umuman yo‘q, chunki u yerda valyuta faoliyati qonuniy tartibda amalga oshiriladi.  

Bundan tashqari, bu tashabbusni qisqa vaqt ichida amalga oshirish mumkin. Shunda milliy valyuta mustahkamlanadi, fuqarolar esa o‘z mablag‘larini unda xotirjam saqlaydi. Aks holda hech qanday taqiqlovchi choralar noqonuniy valyuta operatsiyalarini yo‘q qilishga yordam bermaydi.

2017 yil valyuta islohotidan keyin Markaziy bank valyuta bozordagi holatni barqarorlashtirishga erishdi, biroq milliy valyuta jahon valyutalarga nisbatan o‘z pozitsiyalarini yo‘qotmoqda. Biroq kursdagi o‘zgarishlar mavsumiy bo‘ladi.

Mutaxassisning to‘liq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Ekspert: liberalizatsiya valyutnogo rinka unichtojit cherniy rinok
Yangiliklar lentasi
0