Otabek Murodov ishi DXX sobiq rahbari Abdullayev jinoiy ishi doirasida ko‘rib chiqilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGeneralniy prokuror Uzbekistana Otabek Murodov
Generalniy prokuror Uzbekistana Otabek Murodov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Otabek Murodov DXXning sobiq rahbari Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida tergov qilinmoqda.

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Otabek Murodov ishi DXXning sobiq rahbari Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda RIA Novosti Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib xabar qilmoqda.

“Sobiq bosh prokuror Otabek Murodovning ishi sobiq Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayevning ishi doirasida ko‘rib chiqilmoqda”, - dedi Bosh prokuratura vakili tergov tafsilotlari haqidagi savolga javoban.

Abdullayev Ixtiyor - Sputnik O‘zbekiston
DXX sobiq rahbari Ixtiyor Abdullayevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan - Yo‘ldoshev

Eslatib o‘tamiz, Otabek Murodovning vazifasidan ozod qilingani 20-iyun kuni ma’lum bo‘lgan edi. 21-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining 20-majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish ochilganini ma’lum qilgan edi. 

Otabek Murodov 2018-yilning yanvarida Ixtiyor Abdullayev o‘rniga bosh prokuror etib tayinlangandi.

DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev ishi bo‘yicha jami 10 nafardan ortiq kishi, jumladan, DXX rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari Jahongir Egamov va Oliy sud raisining sobiq o‘rinbosari Bahodir Dehqonov ham sud qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0