TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Birinchi yarim yillikda mehnat migrantlari soni kamaydi, deb xabar qildi RIA Novosti Mehnat munosabatlari vazirligi xabariga asosan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra 2019-yilning yanvar – iyun oylarida xorijga mehnat qilish uchun chiqib ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni 2,644 mln kishidan 2,594 mln. kishigacha kamaygan. Bu 2018-yilning ushbu davriga nisbatan 1,9 %ga kam, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, birinchi yarim yillikda ishsizlik miqdori 0,2 %ga kamayib, iqtisodiy faol yoshdagi fuqarolarning 9,1 %ini tashkil qilgan. O‘tgan davr mobaynida mehnat resurslari miqdori 1 %ga o‘sib 18,964 millin kishini tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Sherzod Qudbiyev O‘zbekiston aholisidan 2,5 million kishi vaqti-vaqti bilan xorijga mehnat qilish uchun chiqib turadi, ulardan 2 millioni Rossiyaga ishlashga boradi degan edi. Mehnat migrantlari Rossiyadan O‘zbekistonga yiliga o‘rtacha 4 milliard dollar mablag‘ o‘tkazishadi.