Kecha YPXdan qochgan "Damas" haydovchisi o‘zi kelib uzr so‘radi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha Toshkent ko‘chalarida xavfli poyga uyushtirgan "Damas" haydovchisi o‘z oyog‘i bilan IIBga keldi.

TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. Kecha Toshkent ko‘chalarida YPX xodimidan qochib "mashhur" bo‘lgan haydovchi, bugun barchadan uzr so‘rab, videomurojaat bilan chiqdi, deb xabar qilmoqda Facebookdagi guruhlardan biri.

"Men, Karimov Sanjar Ismatovich, 1984-yilda tug‘ilganman. Kecha 01A063SA raqamli oq "Damas" moshinasini haydab ketayotganimda YPX to‘xtatdi. Ularga bo‘yso‘nmagan holda qarama-qarshi yo‘ldan qochdim. Bugun o‘z qilgan ishimdan afsuslangan holda o‘z oyog‘im bilan kelib uzr so‘rayman. Qilgan ishim yaxshi emasligini o‘zim ham bildim. Endi boshqa qilmayman", - deyilgan videomurojaatda. 

Eslatib o‘tamiz, kecha ijtimoiy tarmoqlarda “GTA los Tashkentos” nomli video keng tarqalgan edi. Unda “Damas” haydovchisi YPX avtomobilidan qochib ketayotgani aks etgan.

Keyinchalik IIBB ushbu avtomobil egasi aniqlanganini, lekin avtomobilga 4 kishi nomiga ishonchnoma bo‘lgani tufayli qoidabuzarlik sodir etilgan vaqtda avtomobilni boshqargan haydovchi qo‘lga olinmaganini xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0