Shveysariya kompaniyasi Toshkentdagi yangi aeroport terminalini quradi

Obuna bo‘lish
Yangi terminalning loyihasi Humo qushi shaklida ishlab chiqarilgan. Uni 2021-yil sentabrda yakunlash rejalashtirilgan.

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda Mabetex Group tarkibiga kiruvchi B&A Contractors SA va IT Engineering SA kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda “Toshkent-Sharqiy aerodrom bazasi asosida zamonaviy fuqarolik aviatsiyasi aeroport kompleksini qurish” loyihasi doirasidagi “Terminal-2”ni barpo etishda hamkorlikda ish olib borish, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish masalasida so‘z yuritildi.

“Xususan, soatiga 1000 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega tadbirkor va ishbilarmon doira vakillari uchun zamonaviy kompleks (Terminal-2)ni loyihalashtirish va qurish uchun shartnoma imzolandi”, - deyiladi kompaniya xabarida.

Ma’lum qilinishicha, yangi terminalning loyihasi Humo qushi shaklida ishlab chiqarilgan bo‘lib, mutaxassislar terminalning funksional maqsadi, yaratiladigan sharoit va qulayliklarga alohida e’tibor qaratishgan.

© AO "Uzbekiston temir yullari"Proyekt terminala forme misticheskoy ptisi Xumo
Shveysariya kompaniyasi Toshkentdagi yangi aeroport terminalini quradi - Sputnik O‘zbekiston
Proyekt terminala forme misticheskoy ptisi Xumo

Loyihada Terminal-2 binosi barcha klass (VIP va CIP)dagi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishi inobatga olingan.

2-terminal binosi uch qavatdan iborat. Inshootning umumiy zalida restoranlar, chakana savdo do‘konlari va ma’lumot punktlari, aviakassalar, valyuta ayirboshlash shoxobchalari va boshqalar o‘rin olgan. Yo‘lovchilarni kutish zalida Duty free do‘konlari va restoranlari mavjud.

Yangi terminal xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy muhandislik va texnologik uskunalar bilan jihozlanadi: yuklarni qabul qilishning avtomatlashtirilgan tizimi, o‘z-o‘zini nazorat qilish pesh taxtalari, tekshirishning maxsus texnik vositalari, maxsus terminallarni boshqarish tizimi, teleskopik narvonlar, samolyotlarning avtoturargoh tizimi, ma’lumot taxtalari va boshqalar.

Zamonaviy majmua qurilishi ikki yil ichida amalga oshiriladi, uni 2021-yil sentabrda yakunlash rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0