TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. “Rostov” jamoasida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov Rossiya Oliy ligasi o‘yinlarida jamoa g‘alabalariga katta hissa qo‘shib kelmoqda, deb xabar qildi “Rostov” FK matbuot xizmati.
Kuni kecha Tula shahrida mahalliy “Arsenal” jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda Shomurodov 81 daqiqada hal qiluvchi to‘pni raqib darvozasiga yo‘naltirdi. O‘yin 2:3 hisobida “Rostov” g‘alabasi bilan tugadi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Undan tashqari, ushbu o‘yinda Eldor yana bir golga o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Ikkinchi taym boshida u Aleksey Ionovga yuqoridan juda aniq uzatilgan to‘pni yetkazib berdi va natijala gol urildi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Ushbu g‘alaba tufayli “Rostov” jamoasi turnirning 2 qatoriga chiqib oldi. Bu hali 3 tur bo‘lishiga qaramasdan – juda yaxshi natija desak bo‘ladi. Shomurodovning o‘zi ham Rossiya Oliy ligasining eng samarali hujumchilari qatorida 5 o‘rinni egallab turibdi.
Eldor o‘tgan yilda butun sezon davomida 3ta gol urgan bo‘lsa, bu yil 3ta o‘yin natijasiga ko‘ra 2ta gol urgan. Buni albatta – progress, ya’ni o‘sish desa arziydi. Ayni damda Eldor “Rostov” bilan imzolangan shartnomasini 3-yilga uzaytirgan.