Bu yil “eski” abituriyentlardan 53 milliard so‘m to‘plandi

© Xalq so‘ziDirektor Gosudarstvennogo testovogo senta Majid Karimov
Direktor Gosudarstvennogo testovogo senta Majid Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Eski” abituriyentlardan to‘plangan 53 milliard so‘m - test sinovlari xarajatlaridan qanchasini qoplaydi?

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Bu yil oliygohlarga qayta  hujat topshirayotgan abituriyentlardan 53 milliard so‘m mablag‘ jamlandi, deb xabar qildi DTM rahbari Majid Karimov, Sputnik muxbiriga.

“Bu yil yangi joriy etilgan tizim sababli hujjat topshirish jarayonida abituriyentlardan 53 milliard so‘m miqdorida mablag‘ to‘plangan. Test sinovlarida yaratilayotgan sharoitlar ana shu mablag‘ hisobidan amalga oshirilmoqda”, - deyilgan xabarda.  

Aytish joizki, ushbu mablag‘ kutilganidan biroz ko‘p. Fevral oyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanidan DTM rahbariyati 40 milliard so‘m atrofida tushishi kutilayotganini xabar qilishgan edi.

Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Abituriyentlar testdan juda tez chiqmoqda - bu yilgi savollar shunchalik osonmi?

53 milliard butun Respublikada o‘tkazilotgan test sinovlari xarajatini to‘liq qoplamasa-da, 5-6 ta viloyat xarajatlarini qoplashi kerak. Bunday deyishga sabab - o‘tgan yili test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda faqat Farg‘ona viloyatida 8,6 milliard mablag‘ sarflandi – deyilgan edi. Umumrespublika xarajatlarini necha pul bo‘lganini haqida aniq ma’lumot topa olmadik.

Xabarda shuningdek bu yilgi test sinovlarida 1 066 925 nafar abituriyent ishtirok etishi va test sinovlari 29-iyuldan boshlab 16 kun davomida bo‘lib o‘tishi ta’kidlangan.

Test sinovlari o‘tkazish uchun 66 bino tayyorlandi, ularning eng kattasi bir vaqtning o‘zida 1 ming 710 abituriyentni qabul qiladi. Ushbu  binolar uchun 1 155 dan ortiq videokuzatuv kamerasi, 120 dona mobil aloqalarini to‘suvchi qurilma, abituriyentlar sonidan kelib chiqqan holda metalloramalar, barmoq izi asosida tanish vositalari o‘rnatildi.

Yangiliklar lentasi
0