Uch respublika qutqaruv xizmatlarining o‘quv-mashg‘ulotlari Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi

© MChS UzbekistanaUcheniya MChS na perevale "Kamchik"
Ucheniya MChS na perevale Kamchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izicton qutqaruv xizmatlari ilk bor birgalikda o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazadi.

TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. Sentabr oyida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston qutqaruvchilari Qirg‘izistonning Botken viloyatida ilk bor birgalikda o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

“O‘tkazilishi kutilayotgan bu mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad - yong‘in-qutqaruvchilarning tabiiy texnogen va ofatlarni bartaraf etishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkalashdan iborat”, - deyilgan xabarda.

Ayni damda ushbu uch davlat mutaxassislari hamkorlikdagi o‘quv-mashg‘ulotlarining o‘tkazilish tartibini kelishib olishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 11-iyun kunida Toshkent harbiy okrugida O‘zbekistonk Qurolli kuchlar, Milliy gvardiya, Chegara qo‘shinlari, mahalliy IIB va FVV bo‘limlarining qo‘shma o‘quv-mashug‘lotlari bo‘lib o‘tgan edi.

Yangiliklar lentasi
0