AQShda ayol boshi tikib qo‘yilgan erkak jasadi aniqlandi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMolotok sudi v zale suda
Molotok sudi v zale suda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Matbuot markazga qarshi 33 kishi tomonidan berilgan ariza tufayli dahshatli topilma haqida xabar topgan.

TOShKENT, 27-iyul - Sputnik. AQSh federal tergov burosi Arizonadagi biologik resurslar markazida tekshiruv o‘tkazdi. Tekshiruv davomida bir uyum inson tana a’zolari ustida ayol boshi tikib qo‘yilgan erkak jasadi aniqlangan, deb xabar qilmoqda New York Post sud hujjatlariga tayangan holda. RIA Novosti xabariga asosan.

Vrachi poyut dlya malishki, otdavshey vse svoi organi - trogatelnoe video - Sputnik O‘zbekiston
Dunyodagi eng g‘amgin hikoya yoxud donor qizaloq uchun kuylangan qo‘shiq – video

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, markazda tintuv o‘tkazgan FBR xodimlari "boshlar, qo‘llar va oyoqlar solingan chelaklarni", "erkaklar genitaliyalari solingan muzlatgichlar", erkak jasadiga tikilgan ayol boshini, shuningdek, identifikatsiya yorliqlarisiz bo‘lgan tana a’zolari uyumini aniqlashgan.

Matbuot markazga qarshi 33 kishi tomonidan berilgan ariza tufayli dahshatli topilma haqida xabar topgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu insonlarning yaqinlari tanasi ilmiy maqsadlarda foydalanish uchun tashkilotga xayriya qilingan bo‘lgan, biroq ular buning o‘rniga sotuvga qo‘yilgan.

Ushbu ish yuzasidan sud majlisi 21-oktabr kuni Marikop Oliy sudida bo‘lib o‘tadi.

New York Post eslatib o‘tishiga ko‘ra, 2015-yilda markaz egasi Stefan Gor tana a’zolari sotganlik va ulardan donorlik uchun ta’qiqlangan maqsadlarda foydalanganlik uchun aybdor deb topilgan. Unga bu ishi uchun shartli ravishda to‘rt yillik qamoq jazosi berilgan va 121 ming dollar jarima tortilgan.

Yangiliklar lentasi
0