TOShKENT, 26-iyul - Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari “Toshkent” xalqaro aeroportidan xorijga uchib ketayotgan fuqaro G.X.ning noqonuniy xatti-harakatlariga chek qo‘yishdi.
Bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushbu shaxs xolislar ishtirokida skaner qurilmasi yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilganda u quyma tilla bo‘laklarini o‘z tanasiga berkitib olganligi aniqlandi.
Natijada, fuqaro G.X.dan yashirincha olib o‘tishga urinilgan jami 434,6 grammni tashkil etuvchi 14 dona dumaloq shakldagi quyma tillalar ashyoviy dalil sifatida olindi.
© Press-slujba GTK RUzZoloto izyatoe tamojennoy slujboy Uzbekistana
Zoloto izyatoe tamojennoy slujboy Uzbekistana
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.