Hodisani tasodifan bu manzara guvohi bo‘lganlar tasvirga olishgan, kadrlar YouTube da e’lon qilingan. Ushbu video shuningdek Reddit portalida qizg‘in muhokama qilinmoqda.
Kadrlarda fil 10 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan turistik avtomobilni qay tariqa ta’qib qilayotgani aks etgan. Mashina orqa xod bilan yurayotgani, qo‘rqib ketgan turistlar esa haydovchiga yo‘l ko‘rsatib borayotganliklari aks etgan.
Video ostida qoldirilayotgan izohlarda internet foydalanuvchilari erkakning haydovchilik ko‘nikmalariga yuqori baho berishgan va u bunday voqeaga birinchi bor duch kelmagan bo‘lsa kerak, deya taxmin qilishgan.