O‘zbekistonda sotilayotgan dorilar narxi qanday paydo bo‘ladi?

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishRabota farmatsevticheskogo predpriyatiya "Oblastnoy aptechniy sklad" v gorode Chelyabinske
Rabota farmatsevticheskogo predpriyatiya Oblastnoy aptechniy sklad v gorode Chelyabinske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassisi O‘zbekiston aptekalarida sotilayotgan dorilar narxi qanday hosil bo‘lishini tushuntirib berdi.

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i Muhabbat Ibrohimova O‘zbekistonda savdoga chiqarilayotgan dorilarning narxlarigi ta’sir qiluvchi 5ta asosiy omilni sanab o‘tdi.

Ibrohimova aytishiga qaraganda, dorining narxi arzon yoki qimmat bo‘lishi turli narsalarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish texnologiyalari, xom ashyo, tarkib va boshqalar. Lekin aynan O‘zbekistonda sotilayotgan dorilarnarxiga asosan quyidagi omillar ta’sir qiladi:

  1. O‘zbekistonga kiradigan barcha dori vositalari uchun ustama narx bir xil — 15 foiz qilib belgilangan.
  2. Ikkinchi sabab — dori vositalari bizda biznesga kirdi. Shundan kelib chiqib, dorilarning miqdoriga qarab marketing asosida narx belgilashadi. Ulgurji firma katta miqdorda dori olib kelsa, arzonga tushadi.
  3. Uchinchi sabab — dorilarni transport vositari orqali tashib keltirish xarajatlari. Ma’lumki, ular har xil yo‘llar orqali olib kelinadi.
  4. To‘rtinchi sabab — bizda dorixonalarda 20 foizgacha ustama narx qo‘yish belgilangan. Kimdir katta tarmoqli dorixonani yuritayotgani uchun faqat 10 foiz qo‘yishi mumkin, kimdir 20 foiz qo‘yishi mumkin.
  5. Yana boshqa sababi — ushbu meyoriy stavkaga qaramay, ba’zi dorixonalar 20 foizdan ham oshiq narx qo‘yadi.

Ming afsuski, hozirda bunday holatlar bizda kuzatilmoqda. Mana shu omillar ta’sirida O‘zbekistonda dorilar narxi farqlanishi mumkin, dedi mutaxassis.

Yangiliklar lentasi
0