O‘zbekistonda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi tashkil etildi

© Xokimiyat TashkentaInvestori Tashkenta poluchat vse dokumenti za odin den
Investori Tashkenta poluchat vse dokumenti za odin den - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agentlikning asosiy vazifalaridan biri respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishga, xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ishtirok etishdir.

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Hukumat qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishga, xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish Agentlikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov  - Sputnik O‘zbekiston
Investorlar barcha uchun teng sharoit talab qilmoqda – vazir  

Agentlikka investitsiyalar va tashqi savdo vazirining taqdimnomasi bo‘yicha Hukumat tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.

Agentlik faoliyati samaradorligi muntazam baholanib boriladi.

Agentlik xodimlariga vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz xizmati) uchun ustamalar to‘lanadi.

Yangiliklar lentasi
0