O‘ldiga chiqarilgan Berdimuhamedov telekanal orqali ommaga ko‘rinish berdi – video

Obuna bo‘lish
Turkmaniston prezidenti bir necha kunga cho‘zilgan sukutdan so‘ng ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi.

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Kecha, 24-iyul kuni bir necha kunga cho‘zilgan jimlikdan so‘ng Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov davlat televideniyesi kameralari qarshisida ko‘rinish berdi. Turkmanistonning Altyn Asyr telekanalida efirga uzatilgan lavhada davlat rahbarining bardamligini ko‘rish mumkin.

Efirga uzatilgan lavhada Ashxobod hokimi Shomuhammad Durdialiyev prezidentga qator qurilish loyihalari, jumladan, Axal viloyatida barpo etiladigan yangi shahar - "Ashxabod-Siti" loyihasini taqdim etgani va prezident loyihalarni tasdiqlagani va ko‘rsatmalar bergani ko‘rsatilgan.

Turkmaniston prezidenti materiallarni tanlashda mamlakatning iqlim sharoiti va arxitekturaning zamonaviy tendensiyalarini hisobga olish hamda obyektlarni yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlash zarurligini ta’kidladi.

TDX agentligi xabarida 15-iyulda boshlangan mehnat ta’tiliga qaramay, davlat rahbari vaqtidan imkon qadar samarali foydalanish tamoyiliga sodiq qolayotgani qayd etilgan.

Uzoq muddat omma oldida ko‘rinish bermagan sababli OAVlarda Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqida xabarlar bolaladi. Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayev “Govorit Moskva” radiostansiyasiga bergan izohida Berdimuhamedov bir necha kun oldin ta’tilda bo‘lgan vaqtida vafot etganini ma’lum qilgan edi. Ko‘p o‘tmay u oldinroq olingan ma’lumotlar o‘sha manbaning o‘zi tomonidan inkor etilganini aytib, turkman xalqidan uzr so‘ragan edi.

Kecha u Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qilib, tavallud ayyomi bilan samimiy tabrikladi va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga ravnaq va farovonlik tiladi.

Yangiliklar lentasi
0