Tunis prezidenti vafot etdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishFlag Tunisa
Flag Tunisa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Al-Baji Qaid as-Sebsi so‘nggi oylarda sog‘ligidagi muammolar sababli shifokorlarga bir necha marta murojaat qilgandi.

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Tunis prezidenti Al-Baji Qaid as-Sebsi harbiy shifoxonada vafot etdi. Davlat rahbari 92 yoshni qarshi olgan edi.

“Bugun, 2019-yil 25-iyul kuni Tunisdagi harbiylar shifoxonasida respublika Prezidenti Al-Baji Qaid as-Sebsi vafot etdi”, deyiladi prezident ma’muriyatining Facebook᾽dagi bayonotida.

Siyosatchi chorshanba kuni shifoxonaga yotqizilgan edi. U so‘nggi oylarda sog‘ligidagi muammolar sababli shifokorlarga bir necha marta murojaat qilgan.

Al-Baji Qaid as-Sebsi 2014-yildan buyon Tunisni boshqarib kelayotgandi.

Yangiliklar lentasi
0