TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda bedarak yo‘qolgan 19 yashar Zulxumor Narzullayeva haqida xabarlar tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, qizning yaqinlari ichki ishlar idoralariga murojaat qilmagan. Faqat IIBB xodimlari messenjerdagi ommaviy guruhlardan birida mazkur xabarga e’tibor qaratgan va u yerda ko‘rsatilgan telefon raqamlari bilan bog‘langanidan so‘ng qizning onasi ariza qilgan.
Zulxumorning onasining ma’lum qilishicha, u qizi bilan Surxondaryoning Denov tumanidan kelgan va Sergeli tumanidagi Nilufar ko‘chasida joylashgan un zavodida ishlagan. O‘zlari ham shu zavod hududidagi alohida xonada istiqomat qilishgan. 23-iyul kuni ertalab, soat 8:30 atrofida oilaviy janjaldan so‘ng qiz bu yerdan chiqib ketgan va qaytib kelmagan.
Qizni ko‘rgan-bilganlardan bu haqda Sergeli tuman IIB yo Toshkent IIBB murojaat etishlari, 102 yoki fotoda ko‘rsatilgan telefonlarga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘raladi.