TOShKENT, 25-iyul – Sputnik. 2017 yilda Sankt-Peterburg metrosida uyushtirilgan terakt buyurtmachisi Suriyaning Idlib shahrida bo‘lishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Moskva sudi prokurori Nadejda Tixonovaning so‘zlariga asosan.
“Jinoyat buyurtmachisi – Sirojiddin Muxtorov, ikkinchi nomi Abu Salax, ayni damda Suriyadagi Idlib shahrida bo‘lishi mumkin. U oldin Aleppodagi o‘quv markazini boshqargan, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilik faoliyatini targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan”, - dedi prokuror sud vaqtida.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 3-aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining "Sennaya ploshad" va "Texnologicheskiy institut-2" bekatlari orasida kuchli portlash sodir bo‘lgan edi. O‘shanda terrorchi va 14 nafar tinch aholi qurbon bo‘lgan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, terakt ijrochisi 22 yoshli Akbarjon Djalilov bo‘lgan. Uning faoliyati xorijdan turib boshqarib turilgan. Ushbu jinoiy ish yuzasidan jami 11 kishi hibsga olingan.