Ronaldudan tortib Kardashangacha: eng ko‘p pul topadigan Instagram yulduzlari
Ronaldudan tortib Kardashangacha: eng ko‘p pul topadigan Instagram yulduzlari
Sputnik O‘zbekiston
O‘zining Instagram sahifasida reklama posti uchun Kayli Jenner, Jastin Biber, Selena Gomes, Krishtianu Ronaldu million dollargacha pul oladi. 25.07.2019, Sputnik O‘zbekiston
O‘zining Instagram sahifasida reklama posti uchun Kayli Jenner, Jastin Biber, Selena Gomes, Krishtianu Ronaldu million dollargacha pul oladi.
Hopper HQ versiyasi bo‘yicha Kayli Jenner eng ko‘p pul topadigan Instagram yulduzi bo‘ldi. U bitta reklama posti uchun 1,2 million dollar oladi.
Ikkinchi o‘rinda reklama e’loni uchun 996 ming dollar oladigan xonanda Arina Grande egalladi. Uchinchi o‘rinda – jahon futbol yulduzi Krishtiranu Ronaldu, u bitta reklama surati uchun 975 ming dollar oladi.
Kayli Jenner eng ko‘p maosh oladigan Instagram yulduzi deb tan olindi. Bir dona reklama posti uchun u 1,2 million dollar oladi. 21 yoshli Jenner 140 million obunachilarga ega. U Instagram sahifasida muntazam ravishda o‘zining Kylie Skin brendini reklama foto-suratlarni joylashtiradi.
Uchinchi o‘rin Krishtianu Ronalduga nasib qildi, unga bitta post uchun 975 ming dollar to‘lanadi. 34 yoshli futbol yulduzi Instagram sahifasida 176 milliondan ortiq obunachilarga ega.
Kayli Jennerning singlisi Kim Kardashyan ham reklama orqasida katta pul ishlaydi. Bitta postning narxi 910 ming dollarni tashkil qiladi. Kim 144 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lib, yuzlab loyihalarni olib boradi.
Instagram eng ko‘p pul topadigan beshtalikka xonanda Selena Gomes ham kiradi. U reklama e’loni uchun 886 ming dollar oladi. Hozirgi vaqtda uning sahifasi 153 million obunachi bor.