Shavkat Mirziyoyevning beshta eng katta yutug‘i

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning beshta eng katta yutug‘i yoki nima uchun prezidentga rahmat aytishimiz kerak. 

TOShKENT, 24-iyul - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti bo‘lganidan so‘ng qanday ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi, degan savolga quyidagicha javob berish mumkin.

1.  Erkin konvertatsiya – oddiy iqtisodiy operatsiya, bir valyutani ikkinchisiga almashtirish odingi zamonlarda katta muammo edi. Agar ushbu valyuta korxonaga tegishli bo‘lsa – uni davlat kursida sotish majburiyati ham bor edi. Shavkat Mirziyoyev hukumat boshiga kelganidan so‘ng birinchi navbatda amalga oshirgan eng katta islohotlardan biri valyuta ayirboshlashni erkinlashtirish bo‘ldi.

2.  Bank-kredit tizimi islohoti. Markaziy bank, Moliya vazirligi faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar yaqqol sezila boshlandi. Xususan, inflyatsiya, budjet, tashqi savdo aylanmasi haqida aniq ko‘rsatgichlar e’lon qilinib ana shularga asoslangan moliya kredit siyosati olib borila boshlandi. Undan tashqari Xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari maslahatlaridan foydalana boshlandi. Bu esa o‘zining ijobiy natijalari bermoqda. Masalan – nisbatan past inflyatsiya, yevrobondlar, investorlarning O‘zbekistonga qiziqishi va ishonchining ortib borayotgani va boshqalar.

3.  Haqiqatga yaqin statistika. Bir necha yil oldin O‘zbekiston tegishli organlari e’lon qilayotgan statistik ma’lumotlarga hech kim ishonmas edi. Bugun esa - O‘zbekiston aholisining real daromadi, ishsizlik darajasi, o‘lim sabablari, kasalliklar haqida real haqiqiy statistik ma’lumotlardan xabardormiz. Buni nafaqat aholi, balkim xalqaro tashkilotlar ham qayd etmoqda.

4.  MXX islohoti. Bir necha yil oldin MXX faoliyatiga juda katta erkinliklar berilgan edi. MXX sud-huquq davlat boshqaruv organlari faoliyatiga aralashishi, tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy aralashish hollari juda ko‘p uchrab turar edi. Shavkat Mirziyoyev kelganidan so‘ng ushbu qutratli tashkilot nafaqat nomi o‘zgartirildi, balkim uning safi ham yaxshigina “tozalandi”. 

5.  Jurnalistlarga erkinlik berildi – oldin ayrim mavzularda gap boshlash, kimlarnidir tanqid qilish – kamdan kam sodir bo‘lar edi. Aksariyat jurnalistlar “osmonimiz musaffo, shunga ham shukur” deyishdan nariga o‘tmasdi. Hozir bo‘lsa – istalgan amaldor, istalgan muassasa yoki yirik davlat korxonasi faoliyati keskin tanqid qilinishi mumkin va buning uchun jurnalistga hech narsa bo‘lmaydi.

Bu Shavkat Mirziyoyev hukumat boshiga kelganidan keyin amalga oshirilgan islohotlarning barchasi emas. Xususan, sarmoyalar jalb qilish, turizmni rivojlantirish, maktablarda ta’lim darajasini oshirish kabi islohotlar ham ayni damda faol olib borilmoqda.

Shuningdek, soliq tizimini isloh qilish, ichki ishlar organlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda ham islohotlar to‘g‘ri yo‘nalishda olib borilmoqda. Ularning natijalarini bir necha yildan keyin kuzatamiz deb umid qilamiz.

Hali muammolar ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, allaqachon amalga oshirilgan va mutlaq ijobiy natijalar bergan islohotlar uchun prezidentga rahmat aytishni ham unutmaslik kerak.

Yangiliklar lentasi
0