Namanganda ikkita Nexia avtomashinasining to‘qnashuvi ayanchli yakun topdi

© Sputnik / Varvara GertyeV bolnitse
V bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi, jumladan, yosh go‘dak kasalxonaga yotqizildi.

TOShKENT, 24-iyul - Sputnik. Namanganda sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi.

IIV xabariga ko‘ra, 23-iyul kuni namanganlik 66 yoshli A.A. Nexia avtomashinasini Pop tumanida “Hazratibob” MFY hududidan o‘tuvchi “Pungon-Namangan” yo‘lida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay  olmagan.

Mashina posle DTP. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Xovosda Spark ag‘darilib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Natijada qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan toshkentlik 45 yoshli Sh.A.ning Nexia avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTH oqibatida namanganlik haydovchi kasalxonada hamda u bilan yo‘lovchi sifatida ketayotgan turmush o‘rtog‘i jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar.

Shuningdek, haydovchi A.A.ning bir nafar go‘dak nabirasi va toshkentlik haydovchi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0