Advokat Malayziya sobiq qiroli va Moskva go‘zali ajrashganligini tasdiqladi

© Instagram / rihanapetra"Miss Moskva 2015" Oksana Voyevodina i eks-korol Malayzii Muxammad V Faris
Miss Moskva 2015 Oksana Voyevodina i eks-korol Malayzii Muxammad V Faris - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Singapurlik huqushunos Malayziya sobiq qiroli Muhammad V va “Miss Moskva-2015” tanlovi g‘olibi Oksana Voyevodina ajrashganligini tasdiqladi.

TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Singapurlik huqushunos Ko Tiyen Xua, Malayziya sobiq qiroli, Kelanta shtati sultoni Muhammad V va  “Miss Moskva-2015” tanlovi g‘olibi Oksana Voyevodina (Gorbatenko) ajrashganligini tasdiqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Bivshiy korol Malayzii Muxammad V i Oksana Voyevodina - Sputnik O‘zbekiston
Moskva go‘zali Malayziya sobiq qiroli bilan ajrashgani haqidagi mish-mishlarga javob qaytardi

RIA Novosti murojaatiga ko‘ra, huquqshunos agentlikka ajrashganlik haqida rasmiy bayonotni taqdim etdi. Hujjat Eversheds Harry Elias LLP singapurlik yuridik firmasi blankasida tayyorlandi.

Hujjatda  aytilishicha, 2019-yil 22-iyun kuni sulton Muhammad V Rixana Oksana Gorbatenko bilan shariat qonunlariga muvofiq uch marta “taloq” so‘zini aytgan holda ajrashdi.

Kelantan sultonligi shariat sudi 1-iyulda ajralish haqida guvohnomani rasmiylashtirdi.

Yangiliklar lentasi
0