“O‘ztransgaz”ga yangi rahbar tayinlandi

© Mejdunarodniy press-klubPerviy zamestitel predsedatelya pravleniya kompanii "Uzbekneftegaz" Ulugbek Sayidov
Perviy zamestitel predsedatelya pravleniya kompanii Uzbekneftegaz Ulugbek Sayidov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Energetika vazirligi tizimida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Ulug‘bek Husanovich Sayidov “O‘ztransgaz” kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Predsedatel pravleniya AO «Uzbekneftegaz” Baxodir Sidikov - Sputnik O‘zbekiston
Sidiqov: “O‘zbekneftgaz”ni jahon bozoriga olib chiqish – asosiy yo‘nalishlarimizdan biri

U ilgari ushbu jamiyat boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Joriy yil fevralidan “O‘zbekneftgaz”ga rahbarlik qilib kelayotgan Bahodir Sidiqov kompaniya boshqaruvini saqlab qoldi.

“O‘ztransgaz”ning sobiq rahbari Bahodir Eshmurodov esa avvalroq “O‘ztransgaz” hududiy gaz ta’minoti filiallari bazasida tashkil etilgan “Hududgazta’minot” kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshida “O‘ztransgaz” prezident Mirziyoyev qarori bilan “O‘zbekneftgaz” tarkibidan chiqarildi. Kompaniya qazib oluvchi tashkilotlardan tabiiy gazni sotib olib, keyinchalik eksport va importga yetkazib berish, shuningdek magistral gaz quvurlariga ulangan iste’molchilarga sotish bilan shug‘ullanuvchi yagona operatorga aylandi. “Hududgazta’minot” esa gaz taqsimlash tarmoqlariga ulangan iste’molchilarga gaz sotish bilan shug‘ullanadi.

Yangiliklar lentasi
0