O‘zbekiston gilosida vitamin kam chiqdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishChereshnya v laboratorii "Sentra gigiyeni i epidemiologii v gorode Moskve"
Chereshnya v laboratorii Sentra gigiyeni i epidemiologii v gorode Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rospotrebnadzor tekshiruvi vaqtida O‘zbekiston gilosi va o‘riki tarkibida vitaminlar miqdori bir necha barobar kam chiqdi.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Rossiyada tovar va xizmatlar sifatini tekshiruvchi davlat tashkiloti – Rospotrebnadzor va RIA Novosti jurnalistlari bilan birgalikda shu kunlarda Moskva magazinlarida sotilayotgan bir necha mevalarni tekshirib ko‘rishdi.

Ular, xususan, O‘zbekistonda yetishtirilgan “Bahor” navli qizil gilos, va “Shallax” navli o‘rikni hamda Armanistondan olib kelingan qulupnayni tekshirib ko‘rishdi.

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishProverka produktov v laboratorii Rospotrebnadzora
O‘zbekiston gilosida vitamin kam chiqdi - Sputnik O‘zbekiston
Proverka produktov v laboratorii Rospotrebnadzora

Mutaxassislar birinchi navbatda mevalar xavfsizligini tekshirishdi. Gilos, o‘rik va qulupnayda og‘ir metall tuzlari pestitsidlar yoki boshqa zararli kimoviy moddalar topilmadi.

Ikkinchi navbatda ular mevalar tarkibida S vitamini, foydali temir, kalsiy, magniy, natriy, fosfor va beta-karotin moddalari miqdorini aniqlashdi.

Gilosda – temir moddasi odatdagidan ko‘ra 6 barobar, S vitamini - 3,5 barobar, kalsiy - 3 barobar,  magniy va fosfor – 2,5 barobar kam bo‘lib chiqdi. Odatda 100 gram gilosda 13 gram natriy moddasi bor, lekin bu safar 1,4 gramm chiqdi. Lekin beta-karotin - normadan 10 barobar ko‘p.

O‘rikda ham vitaminlar miqdori beligangan miqdordan kam chiqdi. Vitamina S — 3,5 barobar, kaliy — 1,5 barobar, kalsiy va natriy —2,5 barobar kam.

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishProverka produktov v laboratorii Rospotrebnadzora
O‘zbekiston gilosida vitamin kam chiqdi - Sputnik O‘zbekiston
Proverka produktov v laboratorii Rospotrebnadzora

Armaniston qulupnayida  temir – 4 barobar, kalsiy – 2 barobar, magniy – 1,5 barobar kam chiqdi. S vitamni 50 milligramm – yetarli miqdorda ekan.

Rospotrebnadzor rahbari Anna Potapova aytishiga qaraganda, vitaminlar yetishmasligiga bir necha sabab bo‘lishi mumkin. Ular orasida – quyoshli kunlar kam bo‘lgani, yerda minerallar miqdori kamligi va boshqalar, dedi mutaxassis.

Popova aytishiga qaraganda, “Demografiya” milliy loyiha talablariga ko‘ra, Rossiya aholisi ekologik toza va vitaminlarga boy mevalar bilan ta’minlanishi kerak. Shu sababdan Rospotrebnadzor dasturonga tortilayotgan barcha meva-sabzavotlarning molekulyar tarkibini tekshirishi kerak.

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishProverka produktov v laboratorii Rospotrebnadzora
O‘zbekiston gilosida vitamin kam chiqdi - Sputnik O‘zbekiston
Proverka produktov v laboratorii Rospotrebnadzora

Ovqatlanish Ilmiy-tekshirish instituti mutxassisi Nataliya Jilinskaya aytishiga qaraganda, alohida mevalarda foydali vitaminlar kam bo‘lsada, ularning inson organizmiga umumiy foydasi katta. Masalan, o‘rik xolesterin miqdorini kamaytirib, yurak-qon aylanish tizimiga yaxshi ta’sir qiladi. Boshqa mevalar tarkibida ozuqa tolalari ko‘p – bu esa ovqat hazm qilish tizimi uchun foydali, - deydi mutaxassis.

Undan tashqari mevalar tarkibida S, V1 va V6 vitaminlari, kaliy, temir, xrom, marganes, kalsiy, yod, selen va fosfor bor. Bularning barchasi inson organizmi uchun kerakli moddalar.

Asosiysi, mevalarni och qoringa bir mehridan ortiq iste’mol qilmaslik kerak. Katta yoshli kishi uchun 1 kunda 1 kggacha meva iste’mol qilish mumkin, lekin ushbu miqdorni bo‘lib bo‘lib bir necha marotaba iste’mol qilinsa – yanada foydali bo‘ladi, oshqozonga zarar yetmaydi.

Yangiliklar lentasi
0