Tramp Afg‘onistonda urushni to‘xtata olmaydi - Orduxanyan

© SputnikPolitolog-amerikanist Rafael Orduxanyan
Politolog-amerikanist Rafael Orduxanyan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Pokiston bosh vaziri bilan uchrashuv chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyat haqida to‘xtaldi.

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, 7-10 kun ichida Afg‘onistondagi urushda g‘alaba qozonishi mumkin, biroq buni istamaydi, chunki bu operatsiyada 10 million kishi halok bo‘lishi mumkin.

AQSh prezidentining bu bayonoti yuzasidan siyosatchi-amerikashunos Rafael Orduxanyan izoh berdi.

“Aslida, Tramp terrorizmga qarshi kurashish bahonasida AQShning Afg‘onistonda boshlagan urushini tugata olmaydi. Amerikaliklar buni qanday qilishni bilmaydi, chunki ular faqat buzishni biladi. Mojaroni yakunlash uchun siyosiy iroda kerak. AQSh esa buning aksi, avanturistik siyosat olib boradi va butun dunyo tushunib turibdi, amerikaliklar aynan u yerda nimani tugatishga harakat qilmoqda”, - dedi siyosatchi Sputnik radio efirida.

Shu bilan birga, ekspertning fikriga ko‘ra, kelajakda amerikaliklarning Afg‘onistondagi harakatlari tufayli qon to‘kiladi.

Mutaxassisning to‘liq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Politolog prokommentiroval slova Trampa o voyne v Afganistane
Yangiliklar lentasi
0