O‘zbekistonga kislota olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi

© GTK RUzTamojenniki zaderjali furu s yadovitim veshestvom
Tamojenniki zaderjali furu s yadovitim veshestvom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olib borilgan tekshiruvlar natijasida mazkur ashyoviy dalilning xlorid kislotasi ekanligi o‘z isbotini topdi.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Buxoro viloyatidagi “Olot” bojxona postida xodimlari cheraga orqali xlorid kislotani olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolishdi, deb xabar qildi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti xodimlari respublikamizga olib kirilishi taqiqlangan perekursorni o‘z vaqtida to‘xtatib qolishdi.

“Unda xorijdan mamlakatimizga kirib kelayotgan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, mazkur avtoulov kabinasining ichki qismida 30 litrlik yelim idishda o‘tkir hidli, rangsiz suyuq modda borligi aniqlandi”, - deyilgan xabarda.

Olib borilgan tekshiruvlar natijasida mazkur ashyoviy dalilning xlorid kislotasi ekanligi o‘z isbotini topdi.

Ayni vaqtda holat yuzasidan tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0