O‘zbekiston taekvondochilari Osiyo chempionatida ilk bor oltin medalni qo‘lga kiritdi

© NOK UzbekistanaUzbekistanskie tekvondisti zavoyevali zolotie medali na chempionate Azii
Uzbekistanskie tekvondisti zavoyevali zolotie medali na chempionate Azii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yettita medal jamg‘argan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Iordaniyaning Amman shahrida taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Unda asosiy tarkib bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Match mejdu sbornimi Uzbekistana i Yaponii po futbolu na kubke Azii - Sputnik O‘zbekiston
Terma jamoa formasi dizayni uchun tanlov e’lon qilindi

Xabarda aytilishicha, o‘smirlar Olimpiadasi sovrindori Ulug‘bek Rashitov (-55 kg) hamda Jasur Jaysunov (-68 kg) o‘z vazn toifalarida Osiyoda tengsiz ekanliklarini isbotladi.

Abdulaziz Hamidullayev (-63 kg), Marat Mavlonov (-78 kg), Feruza Sodiqova (-63 kg) hamda Ozoda Sobirjonova (-55 kg) shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olishdi.

«Jami yettita medal jamg‘argan terma jamoamiz yakunda umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yana bir e’tiborli tomoni shundaki, bu Osiyo chempionati yigitlarimizning ilk bor oltin medal qo‘lga kiritgani bilan tarixda qolmoqda. Ulug‘bek Rashitov esa yigitlar o‘rtasida musobaqaning eng yaxshi sportchisi deb topildi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0