Nur-Sulton ko‘chalarida yalang‘och holda yurgan erkak qo‘lga olindi - video

© IA "Novosti-Kazaxstan", Anatoliy UstinenkoRabota politsii Kazaxstana
Rabota politsii Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Politsiyadan qo‘lga olingan shaxsni tibbiyot xodimlari olib ketishdi.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Politsiya xodimlari Nur-Sulton ko‘chalarida yalang‘och holda yurgan kishini qo‘lga olishdi.

Sputnik Qozog‘iston ma’lum qilishicha, bu hodisa 22-iyul kuni “Bogenbay Botir” va Jenis shoh ko‘chasi kesishmasida sodir bo‘lgan.

39 yoshli erkak tomonidan jamoat tartibi buzilgani ma’lum bo‘ldi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot A98 / Novosti Astani (@astanovka98)

“Politsiya xodimlari erkakni politsiya bo‘limiga olib kelishdi va shoshilinch tibbiy yordam brigadasi chaqirtirildi. Ko‘rikdan so‘ng shifokorlar uni olib ketishdi”, - deb ma’lum qilishdi politsiyada.

Yangiliklar lentasi
0