Xabarovsk o‘lkasida chodirli oromgoh yonib ketishi oqibatida to‘rt nafar bola halok bo‘ldi

© MChS RF / Mediabankka o‘tishPojar v palatochnom gorodke v Xabarovskom krae
Pojar v palatochnom gorodke v Xabarovskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘inda 26 chodirning 20 tasi yonib ketdi. Xabarda yozilishicha, oromgohda jami 189 bola bo‘lgan.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasidagi “Xoldomi” sayyohlik tog‘-chang‘i majmuasidagi chodirli bolalar oromgohida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni to‘rt kishiga yetdi. Bu haqda RT TAAS xabariga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, oromgohda jami 189 nafar bola bo‘lgan.

RIA Novostining yozishicha, 10 yoshli Arseniy yong‘in vaqtida bir qizni chodirdan olib chiqayotgan vaqtda kuyish jarohatini olgan va u ayni vaqtda koma holatiga tushib qolgan.

23 iyul kuniga o‘tar kechasi Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasidagi “Xoldomi” sayyohlik tog‘-chang‘i majmuasidagi chodirli bolalar oromgohida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inda 26 chodirning 20 tasi yonib ketdi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘inga chodirlardan biriga o‘rnatilgan isitish moslamasi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Hozirda Rossiya JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xabarovsk o‘lkasida bolalar vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi.

Yangiliklar lentasi
0