Boris Jonson Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

© AFP 2023 / TOBY MELVILLEBoris Djonson
Boris Djonson - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir vaqtlar brexit tufayli iste’foga chiqqan Boris Jonson, kutilmaganda Britaniya bosh vaziri bo‘ldi.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Boris Jonson Britaniyaning yangi bosh vaziri etib saylandi. Konservatorlar partiyasi a’zolari orasida bo‘lib o‘tgan ovoz berishda Boris Jonson  92 153 ta ovoz bilan o‘z raqibi Jeremi Xantni (46 656 ovoz) orqada qoldirdi.

Boris Djonson - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson iste’foga chiqdi

Jonson ertaga, 24-iyuldan boshlab bosh vazir vazifalarini bajarishga kirishadi.

G‘alabadan so‘ng ilk so‘zida Jonson Tereza Meyga minnatdorlik bildirib, uning uchun ushbu lavozimda ishlash “ulkan sharaf  va imtiyoz” ekanini qayd etdi. Shuningdek, yangi bosh vazir brekzitni oxiriga yetkazishni va’da berdi.

Boris Jonson 1964-yilning 19  iyunida Nyu Yorkda tug‘ilgan. Uzoq yillar davomida Daily Telegraph nashrida jurnalist bo‘lib ishlagan. 2008 -2016 yillarda London shahri meri, 2016 – 2018-yillarda Britaniya tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan.

2018 yilda aynan Brexit masalasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar tufayl Jonson iste’foga chiqqan edi. Jonson keskin shartlarda YeI dan chiqish va o‘zaro savdo munosabatlarda qattiq cheklovlar qo‘yish tarafdori bo‘lgan edi. Sobiq bosh vazir Tereza Mey esa o‘shanda “yumshoq brekzit” tarafdori bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0