O‘zbekistonda “pasport stollari” dam olish kunlari qancha fuqaroga xizmat ko‘rsatdi?

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishPasport i blank v rukax izbiratelya
Pasport i blank v rukax izbiratelya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakatda aholisiga qulaylik yaratish maqsadida biometrik pasport hamda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun fuqarolarga haftaning dam olish kunlari ham xizmat ko‘rsatilmoqda.

TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari tomonidan dam olish kunlari qancha fuqaroga xizmat ko‘rsatilganini ma’lum qildi.

Xorijiga chiqish pasporti - Sputnik O‘zbekiston
Xorijga chiqish pasportini olish uchun nima qilish kerak?

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Respublika IIO migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari tomonidan 20-iyul, shanba kuni 5066 nafar fuqarolardan biometrik pasport va xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish yuzasidan hujjatlar qabul qilingan. Shuningdek, 4807 nafar fuqarolarga biometrik pasport va xorijga chiqish biometrik pasportlari topshirilgan.

21 iyul, yakshanba kuni esa 528 nafar fuqarolardan biometrik pasport va xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish yuzasidan hujjatlar qabul qilinib, 1982 nafar fuqarolarga biometrik pasport va xorijga chiqish biometrik pasportlari topshirilgan.

Xabarda ish kunlaridan tashqari dam olish kunlari xizmat ko‘rsatish kelgusi haftalarda ham davom ettirilishi eslatib o‘tilgan.

Avvalroq Toshkentda “pasport stoli” dam olish kunlari ham ishlashi haqida xabar qilgan edik. Bu fuqarolarning biometrik pasport olishi uchun vaqtni qulaylashtirish maqsadida tashkillashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0