Tanzila Narbayeva Rossiya elchisi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Obuna bo‘lish
Uchrashuvda joriy yilning kuzida Valentina Matviyenko boshchiligida Rossiya Federatsiyasi parlamenti yuqori palatasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi

TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva RFning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, shu jumladan xalqaro parlament tuzilmalari doirasida hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Posol Rossii v Uzbekistane Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
Ilhom Ne’matov Rossiya elchisi bilan uchrashdi

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Rossiya davlat rahbarlarining siyosiy irodasi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotni faollashtirishda parlamentlarning o‘rni va ahamiyati ham tobora oshib bormoqda. 

“Uchrashuvda joriy yilning kuzida Federal Majlis Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko boshchiligida Rossiya Federatsiyasi parlamenti yuqori palatasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi”, - deyiladi Oliy majlis senati matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi.

Jumladan, Oliy Majlis Senati delegatsiyasining 2018-yil noyabrda Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirgan tashrifi doirasida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi, shuningdek, Oliy Majlis Senati hamda Federal Majlis Federatsiya Kengashi hamkorligi bo‘yicha komissiyaning majlisi o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0